O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi
17.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 18-may kuni bo‘lib o‘tadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlarida, shu jumladan, Yetakchilar sammitida ishtirok etadi.


