Telefon: +998 71 239 58 73
Adres: Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi 43-uy
Veb-sayt: www.argos.uz
davlat fuqarolik xizmati transformasiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta'minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
inson resurslarini rivojlantirishning ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan innovatsion usullarini joriy etish;
Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestrini yuritish, shuningdek, davlat xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish;
eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasi, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va uni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma'lumotlarining xavfsizligini ta'minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish.
Telefon: +99871 239-12-15
Manzil: 100163, Toshkent shahar, Islom Karimov ko'chasi 43-uy
Veb-sayt: www.isrs.uz
Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari
Institut axborot-tahliliy va ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
- O‘zbekistonning ichki xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning dolzarb masalalari;
- Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik masalalari, mintaqa mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish rivojlanitirish istiqbollari;
- xalqaro xavfsizlik va global rivojlanishning joriy tendensiyalari, O‘zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikni istiqbollari.
Institut faoliyati
SMTI o‘z faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi:
- tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro anjumanlar, mavzuli «davra suhbatlari» va ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazish;
- Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro hamkorlik istiqbollari borasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati yo‘nalishlariga oid davlat dasturlari, konseptual hujjatlar va qonunlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat organlari, ilmiy-tadqiqot, tahliliy institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish;
- O‘zbekistonda akkredatatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, shuningdek xorijiy tahliliy va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik olib borish.
Telefon: +99871 202 08 98
Manzil: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73a-uy (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining binosi orqasida joylashgan bino)
Veb-sayt: www.biznesvakil.uz
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash;
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta'siri samaradorligini baholash;
tadbirkorlik sub'ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Telefon: +99871 232-60-71
Manzil: Toshkent sh., Islom Karimov ko'chasi, 45
Veb-sayt: https://dba.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari:
hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida ishlash uchun boshqaruv kadrlarining kasbiy tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan oliy kasb ta’limi dasturlari bo‘yicha davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
tinglovchilarda davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi, psixologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va «elektron hukumat» tizimlari sohasida mustahkam bilimlarni, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullarini, tashabbuskorlik va yetakchilik xislatlarini shakllantirish, shuningdek, tizimli tahlil qilish va strategik rejalashtirish, noodatiy sharoitlarda qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlarini muntazam o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ushbu asosda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun buyurtmalarning yillik aniq maqsadli portfelini shakllantirish;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun potensial nomzodlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, bitiruvchilarning kasbiy o‘sishini muntazam monitoring qilib borish;
yoshlar muammolarining muntazam o‘rganilishini, o‘quv, o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqilishini ta’minlash va yoshlarning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining, siyosiy partiyalar a’zolarining o‘qitilishini tashkil etishga ko‘maklashish va uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarini o‘qitish kurslarini tashkil etish;
davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda jamoat tashkilotlarida kadrlar bilan ta’minlanganlik holati va sifati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash, ularning kadrlar zaxirasini shakllantirish, rahbar kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tayinlash, davlat va jamiyat boshqaruvining kadrlar salohiyati monitoringini tashkil etish uslubiyatlarini ishlab chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
davlat va jamiyat boshqaruvining dolzarb masalalari yuzasidan har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, davlat xizmatini isloh qilish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish va shu asosda respublikada boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
o‘quv va ilmiy-metodik ishlarga chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, kontrakt asosida maslahatlashuvlar o‘tkazish, shuningdek boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va hamkorlik qilish.
Telefon: +99871 237-38-13
Manzil: Toshkent sh., Movarounnaxr ko‘chasi 24-uy
Veb-sayt: www.islomkarimov.uz
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining xotirasini, uning mustaqillikni qo‘lga kiritishga, davlatchilikni qurishga qo‘shgan ulkan hissasini va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek, uning merosini ommalashtirish;
Islom Karimovning buyuk shaxs, erkin fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat asoschisi va bunyodkori sifatidagi hayoti va serqirra faoliyatini o‘rganish;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimizni, shuningdek, xorijiy mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va mustahkamlanishi tarixi bilan tanishtirish;
yosh avlod orasida tarixiy bilimlarni va siyosiy madaniyatni oshirish, uni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash;
Islom Karimov merosini tadqiq etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish;
konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyati bilan bog‘liq kitoblar, kataloglar, bukletlar, ko‘rsatkichlar va boshqa materiallar nashr etilishi, tarqatilishini tashkil etish;
Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga tegishli kolleksiyalar va ashyolarni saqlash, hisobga olish, eksponatga qo‘yish;
muzeyning kolleksiyalari va ashyolari ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilash, shuningdek, muzeyning butun fondi reyestrini, yo‘l ko‘rsatkichini, kataloglashtirish ishlarini tashkil etish;
muzeyning kolleksiyalari va ashyolarini bosma va elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondiga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Yodgorlik majmuasi faoliyatiga bag‘ishlangan har choraklik axborot byulletenini nashr etish, shuningdek, majmua faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish, reklama mahsulotlari va boshqa materiallar ishlab chiqarish.
Telefon: 0-800-210-00-00
Veb-sayt: www.pm.gov.uz
aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon – murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon – davlat organlari) va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o‘tkazish;
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.
Telefon: +998 71 203-03-08
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107B
Veb-sayt: https://asr.gov.uz
tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash;
mamlakatda investitsiya muhitini va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, hududlar va tarmoqlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
xalqaro metodlardan foydalangan hamda muntazam so‘rovlar o‘tkazgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini shakllantirish va doimiy yuritish, shu asosda davlat organlarining investitsiya muhitini yaxshilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisining loyiha ofisi ishini tashkil etish;
investorlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash, yirik strategik muhim va yuqori samarador investitsiya loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqish, shuningdek, ularni yanada qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;
hududlar va tarmoqlarning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini yanada oshirish strategiyasi va siyosatini belgilash, erkin iqtisodiy zonalardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini isloh qilish, shuningdek, hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish bo‘yicha strategik vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb qilish;
iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilishning muhim tizimli muammolarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa manfaatdor tomonlarning samarali hamkorligi uchun ekspert maydonchalarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya forumlarini o‘tkazishni tashkillashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, shu jumladan ekspert-tahliliy jihatdan ta’minlash va ularni o‘tkazish yakunlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
qo‘shilgan qiymat zanjirlarini, shu jumladan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish asosida integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratish uchun mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish tashabbusi bilan chiqish;
hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish samaradorligini manzilli monitoring qilish, ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xorijiy hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar va investitsiyaviy hamkorlik masalalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
davlat organlarida ma’muriy tartib-taomillarni tahlil qilish va iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi strategik tashabbuslarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash.
Telefon: +99871 207-99-95
Manzil: Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi, 30-uy
Veb-sayt: www.aoka.uz
fuqarolarning so‘z va axborot erkinligiga doir konstitusiyaviy huquqlarining ro‘yobga chiqishini ta'minlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish;
ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta'minlash, shuningdek, investisiyalar jalb etish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini taʼminlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq oʼzaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʼyicha boʼlinmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan taʼminlash orqali koʼmaklashish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investisiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targ‘ib etish va keng xabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, xorijda oʼzbek adabiyotini targʼib qilish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona korxonalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek tarmoqning muhandislik-texnik mutaxassislarini tayyorlashda ko‘maklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta'minlash;
respublika axborot xavfsizligini ta'minlashda ishtirok etish hamda axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini ko‘rish.
Telefon:+998 78 150-0202
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Novza ko‘chasi, 6-uy
Veb-sayt: www.cer.uz
chuqur o‘rganilgan, shu jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan amaliyotlarni hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning strategik yo‘nalishlari, xususan, iqtisodiyot, moliya, tadbirkorlik va ijtimoiy sohada boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida tahliliy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muhim tizimli muammolarni global va mintaqaviy xavf-xatarlar ta’sirini hisobga olgan holda hal qilish choralarini ishlab chiqish maqsadida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa manfaatdor tomonlarning samarali tarmoqlararo va idoralararo hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
davlat organlari va tashkilotlarining resurslari va mablag‘larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim masalalarini hal qilish yoki ustuvor strategik vazifalarni amalga oshirishning eng maqbul yo‘llarini topish uchun samarali safarbar etish, birlashtirish va ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish;
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda iqtisodiy modellashtirishning zamonaviy vositalarini qo‘llash orqali ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat chora-tadbirlarining ssenariylari va natijalarini tahlil qilish;
hududlarni kompleks rivojlantirish masalalarini o‘rganish, respublika mintaqalarining raqobatdagi ustunligi, shuningdek, mavjud salohiyati, resurslari va zaxiralaridan samarali foydalanishdan kelib chiqqan holda ularni rivojlantirish va ixtisoslashtirishga strategik yondashuvlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan tashabbuslar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga ta'sirini baholashni tashkil etish, ularni tuzatish bo‘yicha takliflar berish;
iqtisodiyotga nisbatan boshqaruv yukini maqbullashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasiga ekspert, axborot-tahliliy va boshqa texnik yordam materiallarini umumlashtirish va ularni samarali amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni isloh qilish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy jihatdan ta'minlash;
mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini ommaviy axborot vositalari, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda ochiq muhokama qilishni tashkil etish;
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy ilmiy markazlar va ekspertlar bilan hamkorlik qilish va ushbu sohadagi davlat siyosatining samarali chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar kiritish.
Telefon: +99871 236-27-43
Manzil: Toshkent sh, S.Azimov ko‘ch-65
Veb-sayt: www.apgmu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi qonunda belgilangan tartibda yuqori malakali diagnostika, davolash-profilaktika, bolalar, sihatgoh-kurort yordamini ko‘rsatadigan, tibbiy ekspertizalar o‘tkazadigan, tibbiy va farmatsevtik yordamni tashkillashtiradigan hamda unga biriktirilgan hududda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mustaqil tarkibiy bo‘limi hisoblanadi.
Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida tibbiy, sanitar-epidemiologik, dorixona, sihatgoh-kurort tashkilotlari va boshqa yordamchi muassasalar (Maxsus transport bilan ta’minlash boshqarmasi, Moddiy texnik bazani rivojlantirish boshqarmasi, «O‘zbekiston» AJ)ni o‘z ichiga oladi.
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
biriktirilgan kontingent, jumladan joylardagi ijro hokimiyati organlariga kafolatli va sifatli tibbiy va sihatgoh-sog‘lomlashtirish xizmatlarni tashkillashtirish va taqdim etish;
Bosh boshqarmaga bo‘ysunuvchi tashkilotlarda tashkiliy-uslubiy ishlarni o‘tkazish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
muammo va kamchiliklarning izchil tahlillari asosida barcha turdagi tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni oldini olish, diagonstikalash va davolash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba, ilm-fan yutuqlari, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va teletibbiyot imkoniyatlarini joriy qilish;
biriktirilgan bolalar kontingentiga pediatrik yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish va takomillashtirish;
qo‘shma maslahatlar, konsiliumlar va murakkab operativ aralashuvlarini amalga oshirish maqsadida respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, maxsus respublika davolash-profilaktika muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari, jumladan tegishli xorijiy tibbiyot tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.