icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

29.10.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-oktabr kuni ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 6,8 foizga, kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchilar soni esa 14 foizdan 6,1 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, bugungi kunda aholini og‘ir hayotiy vaziyatlarda daromadsiz qolishi va kambag‘allikka tushishining oldini olish masalalari davlatimizning doimiy e’tiborida.

Taqdimotda bu boradagi dolzarb masalalar ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, xususiy sektorda band bo‘lgan aholining barchasiga ham homiladorlik, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va ishdan bo‘shash bo‘yicha nafaqalar to‘lab berilmayapti. Bu holatni to‘lovlar ko‘p hollarda ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxining oshishiga olib kelayotgani va raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatayotgani, ish beruvchilar nafaqalarni to‘lashga ortiqcha yuklanma sifatida qarayotgani sababli tadbirkorlar uchun ushbu tizim jozibador emasligi bilan izohlash mumkin.

Qolaversa, Xalqaro mehnat tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal normalari to‘g‘risida”gi va “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiyalariga muvofiq, tug‘ish va kasallik bo‘yicha nafaqalar ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari orqali to‘lanishi belgilangan.

Taqdimotda aholini ijtimoiy nafaqalar bilan qamrovini oshirish hamda milliy ijtimoiy sug‘urta tizimini xalqaro hujjatlarga uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan takliflar ko‘rildi.

Rasmiy band bo‘lgan barcha shaxslarga nafaqalar bosqichma-bosqich Ijtimoiy himoya jamg‘armasi tomonidan to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi. 2026-yildan boshlab ayollarga homiladorlik nafaqasi, 2026-yil ikkinchi yarmidan esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari to‘lab boriladi.

Yangi tizimning asosiy maqsadi ayollar va ishchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bilan birga rasmiy mehnat munosabatlarini rag‘batlantirish ekani ta’kidlandi.

Prezidentimiz takliflarni ma’qullab, ijtimoiy sug‘urta sohasini raqamlashtirish, tizim shaffof ishlashi, nafaqalar proaktiv ravishda tayinlanib, to‘lab borilishini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo