icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti AQSH bilan parlamentlararo muloqotni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

24.09.2025

BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda AQSH Kongressi a’zosi, Vakillar palatasidagi "O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus" raisi Trent Kelli va Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Bobbi Jinni qabul qildi.

O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, shu jumladan parlamentlararo muloqotni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Parlamentlararo muloqot va almashinuvlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kongress Senati va Vakillar palatasi a’zolari O‘zbekistonga muntazam tashrif buyurmoqda. "O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus" faol ishlamoqda, uning tarkibi kengaymoqda. Kongressda har yili ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan O‘zbekiston kunlari o‘tkazib kelinmoqda.

AQSHning Missisipi shtati bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarga yuksak baho berildi.

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda Kongressning qo‘llab-quvvatlovi muhim ekani ta’kidlandi.

Suhbat yakunida yaqinda Kongress delegatsiyasi va Missisipi shtati ishbilarmonlarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo