icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Xorijiy yetakchilar va hamkorlarning samimiy qutlovlari

24.07.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Maktublarda O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida aholi farovonligini oshirish, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotini ta’minlash, uning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan ortga qaytmas siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar dasturini samarali amalga oshirish borasida erishilgan yuksak natijalar qayd etilgan.

Prezidentimizga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

 

Jumladan, qo‘yidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an,

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon,

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux,

Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta,

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,

Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorja Meloni,

Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar,

Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich,

Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko,

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin,

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev,

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev,

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev,

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon,

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati Raisi Bakitjan Sagintayev,

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso,

Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef,

Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov,

Xitoy eksport-import banki boshqaruvi raisi Chen Xuayuy,

Ipak yo‘li fondi raisi Chju Szyun,

Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill,

Kavkaz musulmonlar idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda,

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer,

Yevroparlamentning Fransiyadan saylangan deputati Terri Mariani,

AQSH Kongressi a’zolari Trent Kelli va Kerol Miller,

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov,

Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov,

Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm.

 

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo