icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Germaniya Kansleri Registon ansambli bilan tanishdi

15.09.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi.

Mamlakatimizning asosiy timsollaridan biri, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining ifodasi – dunyoga mashhur Registon maydoni YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ansamblga kiruvchi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o‘zining salobati, boy tarixi va betakror arxitekturasi bilan barchada chuqur taassurot qoldiradi.

Oliy martabali mehmonga Sharq me’morchiligining ushbu durdonasi qurilishiga oid tarixiy ma’lumotlar, yechimlar va bezaklarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, bu maskan bilan bog‘liq muhim voqealar va shaxslar, o‘zbek xalqining madaniy merosi haqida ma’lumot berildi.

Suhbat davomida jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri sifatida haqli ravishda e’tirof etilgan Samarqand shahri bugungi kunda ishbilarmonlik va sayyohlik markaziga aylanib borayotgani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Registon ansambli oldida birgalikda suratga tushdilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo