icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

28.08.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Faol siyosiy muloqot va almashinuvlar davom etmoqda, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.

Muntazam ravishda qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Suhbat chog‘ida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo