icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: O‘qish, izlanishga hech qachon kech emas

13.05.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida ochilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi - KOICA bilan sheriklikda tashkil etilgan ushbu majmuada elektronika, axborot texnologiyalari, avtomobilsozlik, tikuvchilik, sartaroshlik-kosmetologiya kabi talab yuqori kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 

Markazga barcha zamonaviy uskuna va jihozlar Janubiy Koreyadan olib kelingan. O‘quv-mashg‘ulotlar ham ushbu mamlakat dastur va qo‘llanmalari asosida o‘tiladi. Buning uchun 5 nafar koreyalik  murabbiy jalb etilgan. Ayni paytda 240 nafar kishi saboq olmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirib, yoshlar va xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. 

- O‘qish, izlanishga hech qachon kech emas. Kelib, kasb o‘rganayotganingiz ertangi kuningizga befarq emasligingizdan dalolat. Biroz qiyin bo‘lar. Lekin o‘zingizni, farzandlaringiz kelajagini o‘ylasangiz, shunga qunt qiling. Qiyinchilik o‘tib ketadi, siz boylik yaratayapsiz, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari koreyalik murabbiylar bilan ham suhbatlashib, ularga minnatdorlik bildirdi.

Hozirgacha mamlakatimizda bu kabi markazlar Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida bor edi. Farg‘onada tashkil yangi markaz esa vodiy viloyatlari aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Uzoqdan kelib, kasb o‘rganuvchilar uchun yotoqxona ham barpo etilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo