icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Jizzax viloyatidagi tarixiy loyiha natijasida 700 ming aholiga toza ichimlik suvi yetib boradi

21.10.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlarning borishi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi qaroriga muvofiq, bu yerda Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga ichimlik suvi tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirilmoqda.

Qiymati qariyb 580 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha doirasida suv olish va tozalash inshootlari, «Jizzax» suvni taqsimlash uzeli, 183 kilometr magistral tarmoqlar qurilishi belgilangan. 

Mutasaddilar loyiha doirasida bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bugungi kunda Bulung‘ur tumanida, Zarafshon daryosi yonida 100 ming kub metr sig‘imli “Uzunbuloq” suv tozalash inshooti, nasos stansiyasi, laboratoriya, filtrlash stansiyasi va yordamchi binolar qurib bitkazilgan. “Uzunbuloq – Gagarin” magistral tarmog‘ining Jizzax shahrigacha bo‘lgan 77 kilometri yotqizilgan. “Jizzax” suv taqsimlash inshooti, 5 ming kub metr sig‘imli ikkita suv havzasi qurilgan. Endi ushbu inshootlardan Gagarin shahrigacha 90 kilometr suv tarmog‘i tortiladi.

Ushbu tarixiy loyiha natijasida Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlari hamda Jizzax shahridagi 163 ta mahallada yashovchi 700 ming aholiga toza ichimlik suvi yetib boradi. 

Tadbirda jizzaxlik nuroniylar, mahalla faollari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.

- Jizzax viloyatida ichimlik suvi bo‘yicha vaziyat og‘ir edi. Bu suvni jizzaxliklar 30 yildan ortiq kutdi. Men hokim bo‘lgan paytlarda qancha harakat qilganmiz. Lekin loyiha ham, pul ham yo‘q edi. Mana, orzularimiz ushalayapti. Endi bu tizimning har bir inshootiga, har bir tumandan o‘tgan qismiga malakali mutaxassislarni biriktirib, sifatli ishlatish kerak. Yoshlarni axborot texnologiyalari asosida ishlaydigan bu tizim bo‘yicha o‘qitish ham zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Loyihani 2022-yilning birinchi yarmida yakunlash rejalashtirilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo