icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Parlamentlararo ittifoqning Bosh kotibini qabul qildi

22.06.2021

22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda global parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi.

Mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan sherikligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni davom ettirish va yaqin hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston ittifoq ishidagi ishtirokini 2017-yilda qayta tiklagani va bugungi kunda uning ijroiya tuzilmalarida to‘laqonli qatnashayotganini ta’kidlash joiz. Bu yil Oliy Majlis tomonidan Parlamentlararo ittifoq bilan ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash to‘g‘risida alohida hujjat qabul qilindi.

O‘z navbatida, Bosh kotib Martin Chungong mamlakatimizda parlamentarizmni rivojlantirishdagi sezilarli yutuqlarni qayd etdi hamda O‘zbekistonning bu boradagi global tashabbuslarini yuqori baholadi va qo‘llab-quvvatladi.

Ilg‘or xorijiy tajribani keng almashish va ko‘p tomonlama hamkorlikning katta salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida qator xalqaro tadbirlarni birgalikda tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo