icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

05.04.2021

Bugun, 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro "Innoprom" sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ta’kidlash joizki, "Innoprom" Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy ishlanmalarni birgalikda ilgari surish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan eng yirik ko‘rgazma hisoblanadi. Ushbu tadbir mamlakatimizda birinchi marta o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Denis Manturov davlatimiz rahbariga ikki mamlakatning yetakchi sanoat kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Suhbat chog‘ida biznes va hududlar darajasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Poytaxtimizda "Innoprom" ko‘rgazmasining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ushbu vazifalarni bajarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo