icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasi bilan uchrashdi

02.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovudni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari ikki mamlakatning amaliy hamkorligini izchil kengaytirishga xizmat qilayotgan faol muloqotlar va almashinuvlar, pandemiyaga qaramasdan, davom ettirilayotganini ta’kidladi. Tovar ayirboshlash hajmi ortib, yetakchi kompaniyalarning qo‘shma kooperatsiya loyihalari soni ko‘payib bormoqda.

Abdul Razzoq Dovud O‘zbekiston Prezidentiga uchrashuv tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi hamda Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Maslahatchi Afg‘oniston hududi orqali Markaziy va Janubiy Osiyoni eng qisqa yo‘l bilan bog‘laydigan, Pokistonning dengiz portlariga chiqishni va ularning infratuzilmasi samarali ishga solinishini ta’minlaydigan temir yo‘l qurish loyihasini ilgari surish to‘g‘risidagi tashabbus  Pokistonda yuksak baholanib, qo‘llab-quvvatlanayotganini qayd etdi.

Ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Avtomobil va havo transportida yuk tashishlarni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash, bojxona ishi sohasida tajriba almashish, ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish va ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak uchrashuv va muloqotlar rejasi kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo