icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashdi

16.05.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. 

Suratga tushish marosimidan so‘ng Oval kabinetda davlat rahbarlarining muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Donald Tramp Prezidentimizni rasmiy tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston AQSh uchun muhim davlat, strategik sherik ekanini qayd etdi.

O‘zbekistonning obro‘-e’tibori oshib bormoqda. Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf, dedi AQSh Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston va AQShdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugun qabul qilinadigan «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» nomli Qo‘shma bayonot o‘z nomi va mohiyati bilan ko‘p narsani anglatadi. Tomonlarning uzoq kelajakka mo‘ljallangan intilishlaridan dalolat beradi, dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Oliy darajadagi ushbu uchrashuv yangicha siyosiy muhitda kechayotgani bilan ahamiyatli. Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp deyarli bir paytda Prezidentlik lavozimiga kirishgan, shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar bosqichma-bosqich faollashib kelayotgan edi.

Turli darajadagi delegatsiyalar O‘zbekiston va AQShda bo‘ldi. Davlat rahbarlari 2017-yil may oyida Ar-Riyod shahrida va sentyabrda Nyu-Yorkda uchrashdi. Dekabrda bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga rasmiy tashrif buyurishga taklif etgan edi. Bu davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar xalqaro miqyosda tan olinayotganini anglatadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo