icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qirg‘iziston Respublikasi, Armaniston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi

03.11.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni MDH Hukumat rahbarlari kengashining Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi majlisida ishtirok etgan Qirg‘iziston Bosh vaziri Sapar Isoqov, Armaniston Bosh vaziri Karen Karapetyan hamda Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Eyubov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Qirg‘iziston Bosh vaziri Sapar Isoqov bilan muloqotda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. 

So‘nggi oylarda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi o‘zaro tashriflar va ularning samaralari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik bosqichiga ko‘tardi. 

Qabul qilingan qaror va erishilgan kelishuvlarning keng miqyosda amalga oshirilishini ta’minlash masalasi, tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Armaniston Bosh vaziri Karen Karapetyan bilan uchrashuvda o‘zaro aloqalarning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning samarali faoliyatini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. 

Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Eyubov bilan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo, energetika, transport va tranzit sohalari, shuningdek, boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. 

Kutilayotgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. 

Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarbayjon hukumatlari rahbarlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va o‘z davlatlari rahbarlarining ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi aniq mazmun bilan boyitish yo‘lidagi faol hamkorlikdan tomonlar manfaatdor ekani ta’kidlandi.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo