icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston va Oʻmon iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi

17.11.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Oʻmon biznes forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻmon Sultonligi Bosh vaziri oʻrinbosari Zeyazin bin Haysam Ol Said, ikki mamlakat hukumatlari aʼzolari, yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari va ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar va erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

Joriy yilda oʻzaro savdo hajmi sezilarli oshgani, biroq mavjud iqtisodiy salohiyat hali toʻliq ishga solinmagani taʼkidlandi. Shu munosabat bilan yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib belgilangani qayd etildi.

Tashrif doirasida umumiy qiymati 5 milliard dollarlik aniq loyihalar portfeli shakllantirildi. Prezidentimiz eng muhimi kelishuvlar soni emas, balki ularning amaliy natijasi ekanini alohida taʼkidladi.

Shu maqsadda sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, zamonaviy shaharsozlik va turizm, mineral resurslarni oʻzlashtirish, shuningdek, moliya va raqamli texnologiyalar sohalari hamkorlikning beshta ustuvor yoʻnalishi sifatida taklif etildi.

Xususan, elektrotexnika sohasida Oʻmon kompaniyalari bilan kabel va transformator mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish hamda ularni qoʻshni mamlakatlarga eksport qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.

Transport-logistika yoʻnalishida Oʻmonning dengiz portlari va Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik imkoniyatlarini birlashtirish muhimligi qayd etildi. Sohar shahrida logistika infratuzilmasini barpo etish, yagona savdo-logistika platformasini shakllantirish, shuningdek, aviaqatnovlarni koʻpaytirish va yuk tashish reyslarini yoʻlga qoʻyish taklif etildi.

Oʻmon investorlarining Yangi Toshkent loyihasidagi ishtiroki yuqori baholandi. Yangi shaharda barpo etiladigan “Masqat” mavzesi ikki xalq doʻstligining yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

Kimyo sanoati, geologiya-qidiruv ishlari va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalari ishlab chiqilgani taʼkidlandi.

Moliya va raqamli texnologiyalar yoʻnalishidagi amaliy hamkorlik ham kengaymoqda. Jumladan, sunʼiy yoʻldoshlarni uchirish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

Prezidentimiz oʻmonlik ishbilarmonlarni Oʻzbekistondagi istiqbolli loyihalarda faol ishtirok etishga taklif etib, har bir investor uchun qulay va ishonchli muhit yaratish, qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Oʻz navbatida, Oʻmonda tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar yuqori baholanib, oʻzbekistonlik kompaniyalar ushbu mamlakat bozoriga faol kirib borishga daʼvat etildi.

Forum ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo