O‘zbekiston Prezidenti “Cengiz Holding” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
16.10.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashi doirasida “Cengiz Holding” boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi oshib, yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
“Cengiz Holding” bilan muloqot davomida energetika, geologiya va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarini barpo etish hamda elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.


