icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risida

03.10.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim, tarbiya va ilm-fan tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, inson kapitalini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylikni ta’minlash, jumladan, maktab ta’limini kasbiy va oliy ta’lim bilan, oliy ta’limni ilm-fan bilan yaqindan integratsiya qilish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim sohasida yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, tizimning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:

1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilsin.

2. Belgilab qo‘yilsinki, Ta’lim va ilm-fan vazirligi:

a) quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ularni rivojlantirish va tartibga solish bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:

(i) maktabgacha ta’lim va tarbiya;

(ii) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

(iii) kasbiy ta’lim;

(iv) oliy ta’lim;

(v) oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

(vi) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

(vii) qo‘shimcha va norasmiy ta’lim;

b) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirilgan va samarali boshqaruv tamoyillari asosida tashkil etish, uning vazifalari va tashkiliy tuzilmasini belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.

4. Ta’lim va ilm-fan vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Sh.Mirziyoyev

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo