icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining dala o‘quv taktik mashg‘ulotlarini kuzatdi

28.08.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Samarqandga safarining ikkinchi kunida “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydoniga tashrif buyurib, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlarining tezkor taktik o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatdi. Bu yerda bo‘linmalarning jangovar tayyorgarlik rejasiga muvofiq hamkorlikda o‘zaro taktik harakatini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning murakkab vaziyatlarda nostandart qarorlar qabul qilish kabi maqsadlarga qaratilgan operativ-taktik mashqlari o‘tkazildi.

Dastlab, mazkur dala o‘quv maydonida qo‘shinlar tomonidan dushman tahdidini qaytarish va uni yo‘q qilishga doir bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jami jangovar harakatlar, epizodlar namoyish etildi. Mazkur o‘quv mashqlarini rejalashtirishda bugungi zamon jangining muhim xususiyatlari o‘rganildi, qo‘llaniladigan eng maqbul qurol-yarog‘ va harbiy texnika vositalari belgilandi, muhimi harbiy xizmatchilar ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyev shundan so‘ng, dala o‘quv maydonidagi sharoitlar bilan tanishib, o‘quv-taktik mashqi ishtirokchilari bilan suhbatlashdi. Muloqot asosini xarbiy xizmatchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, ularning moddiy ta’minotini mustahkamlash, dars jarayonlarini yangicha usulda olib borish, o‘quv dasturlarini yaratish kabi dolzarb mavzular tashkil etdi. Shuningdek, harbiylarning yuksak ma’naviyatli bo‘lishlari uchun yurtimizning ijodkorlari, adabiyotshunos olimlar va shoirlar bilan adabiy kechalar, turli uchrashuvlar tashkil etish kerakligi qayd etildi. Chindan ham bugun harbiylik kasbi yoshlar uchun xavas, matonat maktabidir. Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qo‘llanib kelinayotgan harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, ya’ni zirxli texnikalar, artilleriya vositalari, motoo‘qchi bo‘linmalaridagi avtomobillar, razvedka va aloqa vositalari bilan yaqindan tanishdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo