icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qulay tadbirkorlik muhiti Kegeylidagi yirik loyihalar rivojiga xizmat qilmoqda

18.09.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Mazkur yirik korxona Prezidentimizning 2024-yil 28-iyundagi parrandachilik sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir qarori asosida tashkil etildi. Loyihaning umumiy qiymati 7,8 million dollarni tashkil etadi. 21 gektar maydonni egallagan korxona ishga tushishi bilan 70 nafar mahalliy aholi doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yuqori boʻlib, 200 ming tovuq boqish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda bu yerda 130 ming tovuq parvarish qilinmoqda. Korxona davlat budjetiga 4,8 milliard soʻm tushum keltirib, tuman iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshmoqda.

Majmuada yiliga 27,5 million dona inkubatsion tuxum yetishtiriladi. Ushbu tuxumlar tovuq va 1 kunlik joʻja holida sotuvga chiqariladi.

Bugun Kegeylida mana shunday zamonaviy majmua barpo etilgani yaxshi natija ekani qayd etildi. Bunday loyihalar nafaqat mahsulotlari tannarxi, balki hududning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ekaniga eʼtibor qaratildi.

Tovuqlarni sifatli ozuqa bilan taʼminlash masalasi ham korxonaning oʻzida hal etilgan. Bu yerda sutkasiga 100 tonna yem ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan alohida zavod qurilgan. Ishlab chiqarish jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan.

Ilgari Qoraqalpogʻistonga tovuq va tuxum mahsulotlari mamlakatimizning boshqa hududlaridan keltirilar edi. Kegeyli tumanida ish boshlagan ushbu korxona Orolboʻyi hududining bu mahsulotga boʻlgan ehtiyojini qondiribgina qolmay, mahsulotni xorijga ham eksport qilmoqda.

Joriy yilning sentabr oyiga qadar Afgʻonistonga 1,1 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Yil yakuniga qadar eksport hajmini 1,5 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Joriy yil yakuniga qadar yana 8,5 gektar maydonda qiymati 5 million dollarlik yangi fabrikani ishga tushirish moʻljallangan. Loyiha amalga oshgach, yangi ish oʻrinlari yaratiladi va ishlab chiqarish hajmi yanada ortadi.

Prezidentimiz bunday majmualar kelgusida yirik parrandachilik xoldinglariga aylanib, nafaqat yangi, balki yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi kerakligini qayd etdi, mutasaddilarga bu borada tegishli ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo