icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

15.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

Norasmiy muhitda oʻtgan samimiy suhbat davomida Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar va ularni hayotga faol tatbiq etishga vatandoshlarimiz qoʻshayotgan hissasi muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiyot, ilm-fan va taʼlim sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan bir qator ilgʻor takliflarni ilgari surdilar.

Milliy iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlari va davlat boshqaruviga sunʼiy intellekt hamda Koreyaning raqamli texnologiyalarini integratsiya qilish, tibbiyot, transport, bojxona va turizm sohalarida innovatsion yechimlarni ilgari surish, milliy toʻlov tizimlari va pul oʻtkazmalari platformalarini jadal rivojlantirish hamda axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha aniq takliflar bildirildi. Xususan, Koreya Respublikasida Oʻzbekiston madaniy markazlari tarmogʻini kengaytirish, oʻzbek tilini oʻrganish dasturlarini rivojlantirish, ikki mamlakat hududida turli madaniy tadbirlarni oʻtkazish hamda oʻzbek mumtoz adabiyoti namunalarini koreys tiliga tarjima qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qoʻshayotgan salmoqli hissasi uchun vatandoshlarimizga minnatdorlik bildirib, ularning har bir tashabbusi batafsil oʻrganilishini, eng muhim loyihalar har tomonlama amaliy qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston yetakchisi uchrashuvda qatnashgan professorlar, tadbirkorlar, faollar va talabalarga oʻqishda va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tilab, davlatimiz ular bilan muloqotga doimo ochiqligi, vatandoshlarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini alohida qayd etdi.

Oʻz navbatida, uchrashuv ishtirokchilari Prezidentimizga yoshlarga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va orzu-niyatlarni roʻyobga chiqarish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik bildirib, oʻz bilim va gʻayratini Vatanimiz farovonligi va ravnaqi yoʻlida safarbar etishga hamisha tayyor ekanligini aytdilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo