icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

11.09.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va tashabbuskor yoshlar salohiyati bilan uzviy bogʻliq. Shu bois, talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish, taʼlim muassasalari va talabalar shaharchalarida boshqaruv tizimini raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 5-yanvarda qabul qilingan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror muhim huquqiy asos boʻlmoqda.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida “Yoshlik” talabalar shaharchasida raqamli texnologiyalarga asoslangan vaziyatlar markazi tashkil etildi. Markaz talabalar xavfsizligini taʼminlash, hududdagi ijtimoiy muhitni real vaqt rejimida kuzatish, davomatni nazorat qilish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks tizim sifatida faoliyat yuritadi.

Umumiy maydoni 1 ming 368 kvadrat metrni tashkil etuvchi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi binosi 2024-yilda qurilgan. Uni mukammal taʼmirlash, vaziyatlar markazini tashkil etish va hududni obodonlashtirish ishlariga 33 milliard soʻm yoʻnaltirildi.

Bugungi kunda binoda vaziyatlar markazi bilan bir qatorda startap xonasi, oliy taʼlim tarixi muzeyi, Yoshlar ishlari agentligining tuman boʻlimi hamda xotin-qizlar tadbirkorligi markazi joylashgan.

Vaziyatlar markazi shaharchadagi 41 ta talabalar yotoqxonasini qamrab olgan. Tizim orqali 75 mingga yaqin talaba, shu jumladan, yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi 17,5 ming nafar yigit-qizning xavfsizligi taʼminlanadi. Ularning davomatini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatlari ham mavjud.

Markaz 17 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu turli maʼlumotlarni yagona raqamli platforma orqali tezkor tahlil qilish va vaziyatga qarab zarur choralar koʻrish imkonini beradi.

Tashrif doirasida davlatimiz rahbariga talabalar shaharchasida xavfsizlik va ijtimoiy muhitni real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatlari hamda markazning ishlash tamoyillari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur tizim orqali talaba yoshlar bilan tizimli ishlash va ularni oʻylantirayotgan masalalarni tezkor hal etish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Ushbu tajribani respublikadagi boshqa talabalar turar joylarida ham joriy etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo