icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qichqiriq mahallasidagi oʻzgarishlar poytaxtning boshqa mahallalari uchun ham namuna boʻlmoqda

11.09.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Qichqiriq mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashkil topganiga oʻttiz yildan oshgan ushbu mahallada 23 ta koʻp qavatli uy joylashgan. 1 ming 416 ta xonadonda 5 ming 400 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Prezidentimizning 2024-yil 25-iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirilgan oʻzgarishlar natijasida mahalla bugun butunlay yangi qiyofa kasb etdi.

“Obod mahalla” davlat dasturi doirasidagi ushbu loyihaga mahalliy budjetdan 71,4 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Natijada hudud zamonaviy “yashil” shaharsozlik muhitini oʻzida mujassam etgan haqiqiy ekologik mahallaga aylandi.

Eng katta yangiliklardan biri Qichqiriq kanali qirgʻogʻi boʻylab barpo etilgan sayilgoh boʻldi. Uning uzunligi 2,4 kilometrni tashkil etadi. Suv boʻyi hududi aholi tun-u kun hordiq chiqaradigan shinam va ozoda maskanga aylantirildi.

Bu yerda 12,4 kilometr uzunlikda piyodalar yoʻlagi yotqizildi, qoʻshimcha yashil hudud tashkil etildi. Suv havzasi ustida muhtasham ayvon, 14 ta shiypon, charxpalak va favvoralar qurildi.

Bugun mahallada 6,5 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt parvarish qilinmoqda. Turar joylarning tashqi koʻrinishi ham yangilandi. Aholi dam olishi uchun yuzlab oʻrindiqlar, yoritish chiroqlari oʻrnatildi.

Bu yerda yoshlar uchun ham barcha sharoit yaratildi. 12 ta vorkaut maydonchasi va 3 ta futbol maydoni barpo etildi, kutubxonalar foydalanishga topshirildi.

Tadbirkorlik ham jadal rivojlanib, 47 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Yangi loyihalar hisobiga 61 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Davlatimiz rahbari shu yerning o‘zida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.

Qichqiriq mahallasida ham bu borada oʻziga xos tizim yoʻlga qoʻyilmoqda.

Masalan, mahalla fuqarosi Gulnora Gʻoyipova kulolchilik toʻgaragi va toʻquvchilik sexi faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Bu yerga mahalladagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlar jalb etilib, “Usta-shogird” anʼanasi asosida hunar oʻrganmoqda.

Shuningdek, hududda respublikada birinchilardan boʻlib zamonaviy minorali avtoturargoh oʻrnatildi. Ushbu 8 qavatli inshoot lift prinsipida ishlaydi. Markazdagi lift avtomobilni qabul qilib, uni oʻng va chap tomondagi boʻsh joylarga joylashtiradi. Natijada atigi bir juft mashina sigʻadigan kichik yer maydonida 16 ta avtomobilni bemalol saqlash imkoni yaratildi.

Bundan tashqari, madaniy hordiq chiqarish, turli jamoatchilik tadbirlarini oʻtkazish va mahalla ahlini birlashtirish maqsadida shinam amfiteatr ham barpo etildi.

Bu yerda mavjud 2 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham keng koʻlamli qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbari ushbu muassasalardan biri – 441-bogʻchada yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Ushbu maskan 1976-yilda qurilgan boʻlib, uning hududi tubdan kengaytirildi. Muassasaning boʻsh turgan maydonida jami 450 oʻrinli 2 ta yangi bino barpo etildi. Natijada bogʻchaning umumiy quvvati 835 oʻringa yetkazildi.

Muassasada bolajonlar salomatligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Bolalar immunitetini mustahkamlash va nafas yoʻllari kasalliklarining oldini olish maqsadida maxsus tuz xonasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, kichkintoylarning har tomonlama rivojlanishi uchun ingliz tili, mental arifmetika, tasviriy sanʼat, musiqa, badiiy gimnastika, shaxmat hamda taekvondo boʻyicha qoʻshimcha toʻgaraklar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Prezidentimizga muassasada bolalar uchun yaratilgan “Oʻzbek tilini oʻynab oʻrganamiz” maxsus interaktiv platformasining imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.

Ushbu maxsus interaktiv platforma bolajonlarning davlat tilini qiziqarli oʻyinlar va raqamli texnologiyalar orqali oson oʻzlashtirishi uchun katta imkoniyat yaratadi. Platformadan mashgʻulot jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash, hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish, kasblar bilan tanishishda ham foydalanish mumkin.

Shuningdek, bog‘chada tashkil etilgan yo‘l harakati xavfsizligi to‘garagi faoliyati bilan ham tanishildi. Bu kabi to‘garaklar faoliyatini boshqa maktabgacha ta’lim muassasalarida ham ommalashtirish, bolalarni yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatiga bog‘cha paytidanoq o‘rgatib borish muhimligi ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo