icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida

22.08.2026

​​​​​​​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yillik bayrami xalqimizning fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyati bilan istiqlol davrida bosib o‘tgan g‘oyat murakkab va sharafli milliy taraqqiyot yo‘limizning yorqin ko‘zgusidir. Ayni vaqtda ushbu sana so‘nggi o‘n yilda Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida erishayotgan tom ma’nodagi tarixiy yutuqlarimizni har tomonlama tahlil qilib, kelgusi rejalarimizni yanada aniq belgilab olishda muhim o‘rin tutadigan, el-yurtimizni yangi marralar sari ilhomlantiradigan buyuk siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga molik voqeadir.

Bugungi kunda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini oshirish borasidagi tub islohotlar jarayonida mehnatkash, mard va olijanob yurtdoshlarimiz o‘zining kuch-g‘ayrati, iste’dod va mahorati, bilim va tajribasi hamda ezgu tashabbuslari bilan faol ishtirok etmoqda. Ularning el-yurt oldidagi munosib xizmatlarini, ibratli fazilatlarini yuksak qadrlash va rag‘batlantirish ko‘pmillatli jamiyatimiz a’zolari, ayniqsa, yosh avlod qalbiga Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini singdirishda, hech shubhasiz, beqiyos o‘rin tutadi.

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida islohotlar samarasini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan vatandoshlarimizni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari va boshqa markaziy idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, vazirlik va idoralar, jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda boshqa mutasaddi rahbarlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirishni ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo