icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish choralari muhokama qilindi

11.06.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Baliqchilik oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq aholisi daromadlarini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanishda muhim yoʻnalish hisoblanadi. Dunyoda akvakultura jadal rivojlanmoqda. Ilk bor yetishtirilgan baliq hajmi tabiiy suv havzalarida ovlangan baliq miqdoridan oshib ketdi.

Yurtimizda bu sohani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. Oʻzbekistonda 173 ming kilometr daryo va kanal oʻzanlari mavjud. Suv resurslari cheklangan boʻlishiga qaramasdan, mamlakatimiz Markaziy Osiyoda baliq yetishtirish hajmi boʻyicha yetakchi oʻrinda turibdi. 2025-yilda 206 ming tonna baliq yetishtirilgan.

Soʻnggi yillarda aholi soni oʻsishi bilan oqsilli mahsulotlarga boʻlgan talab ham oshib bormoqda. Baliq esa iqtisodiy jihatdan samarali, parhezbop va aholi salomatligi uchun foydali ozuqa manbaidir. Shu bois, oddiy koʻl baliqchiligidan suvni tejaydigan, qayta aylantiradigan va intensiv texnologiyalarga asoslangan tizimga oʻtish zarurligi taʼkidlandi.

Taqdimotda 329 ta tabiiy suv havzasi va suv ombori hamda ular atrofidagi 163 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berishning yangi, shaffof tizimini joriy qilish, intensiv baliqchilik va naslchilik xoʻjaliklariga har yili zarur miqdorda suv yetkazib berish kafolatlanishi lozimligi qayd etildi.

Bugungi kunda intensiv usulda baliq yetishtirish hajmi umumiy ishlab chiqarishning 20 foizidan oshmayapti. Vaholanki, bunday texnologiyalar hosildorlik va daromadni bir necha barobar oshiradi. Agar mavjud imkoniyatlar toʻliq ishga solinsa, baliq yetishtirish hajmini 5 barobar oshirish mumkinligi aytib oʻtildi.

Sohada yangi texnologiyalarni joriy etish va tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, xususan, yopiq suv aylanma tizimini oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplash, naslli ona baliqlarni import qilish uchun subsidiya ajratish, quyosh panellarini oʻrnatish uchun subsidiya berish va aylanma mablagʻ uchun imtiyozli kreditlarning foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish lozimligi taʼkidlandi.

Baliqchilik xoʻjaliklariga kreditlar ajratish, milliy va xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qisman qoplash mexanizmlari joriy etiladi.

Ushbu imkoniyatlar hisobiga keyingi yilda baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnadan oshirish choralarini koʻrish topshirildi.

Taqdimotda naslchilik va ilmiy yondashuv masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Sifatli chavoq va yaxshi genetika yuqori hosildorlikning asosiy sharti ekani taʼkidlandi. Shu bois, karp, laqqa, forel, osyotr kabi baliq turlarining naslini yaxshilash, yangi zotlarni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish boʻyicha ishlar yoʻlga qoʻyiladi.

Kelgusi yildan togʻ oldi hududlarida yiliga forel va osyotr baligʻi yetishtirish quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti uchun Ohangaron daryosi boʻyida tajriba-sinov maydoni tashkil etiladi. Milliy karp zotini yaratish boʻyicha xorijiy grantlar jalb etiladi.

Sohada malakali kadrlar tayyorlash ham muhim vazifa sifatida belgilandi. Agrar universitetda Astraxan davlat texnika universiteti va Xitoyning Dalyan okean universiteti bilan hamkorlikda baliqchilik va akvakultura boʻyicha qoʻshma fakultet ochish taklifi koʻrib chiqildi.

Baliqchilik tarmogʻini raqamlashtirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi. Suvdan foydalanish holati, yer maydonlari, noqonuniy baliq ovlash, soliq toʻlovlari, ovlangan baliq mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni birlashtirgan yagona elektron platformani yaratish taklif qilindi. Sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirish orqali xarajatlarni qisqartirish va mahsuldorlikni oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Prezidentimiz takliflarni maʼqullab, sohani qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Mutasaddilarga baliqchilik tarmogʻini zamonaviy texnologiyalar, ilmiy yondashuv va samarali boshqaruv asosida rivojlantirish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va aholi dasturxoniga arzon, sifatli baliq mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo