05.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi yakuniga yetdi.
Davlatimiz rahbari Sankt-Peterburgdagi tadbirlar doirasida 4-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Yetakchilar Oʻzbekistondagi birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.
Prezidentimiz 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining tadbirlarida qatnashib, yalpi yigʻilishda nutq soʻzladi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezidentimiz Toshkent shahriga joʻnab ketdi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.


