Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga joʻnab ketdi
29.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga joʻnab ketdi.
Mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishi tadbirlarida ishtirok etadi.


