Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga joʻnab ketdi
17.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-may kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.


