icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Turkistonning tarixiy-madaniy markazi bilan tanishdi

15.05.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkiston shahrining tarixiy-madaniy markazida boʻldi.

Oliy martabali mehmonlar Markaziy Osiyodagi islom meʼmorchiligining yorqin yodgorliklaridan biri, Qozogʻistonning bosh maʼnaviy markazi boʻlgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildilar.

XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan ushbu maqbara bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi oʻrta asr islom meʼmorchiligining eng noyob va muhtasham namunalaridan biri hisoblanadi. Uning qurilishi 1389-1391-yillarda boshlanib, XIV asr oxiriga qadar davom etgan. Majmuani bunyod etishda Movarounnahr ustalari, shuningdek, boshqa hududlardan kelgan meʼmor va naqqoshlar qatnashgan.

Yetakchilar buyuk soʻfiy shoir va mutafakkir xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari “Hazrat Sulton” muzey-qoʻriqxonasining tashriflar markazi bilan tanishdi. Bu yerda ziyoratchilar va mehmonlarni qabul qilish, koʻrgazmalar tashkil etish hamda Turkistonning boy tarixiy-madaniy merosini namoyish qilish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Markazda oʻrta asrlar davriga oid noyob merosni saqlash, oʻrganish va keng targʻib etishga qaratilgan doimiy muzey ekspozitsiyasi – “Noyob eksponatlar zali” alohida oʻrin tutadi.

Ekspozitsiyada Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi bilan bogʻliq nodir tarixiy yodgorliklar, jumladan, XIV-XV asrlarga mansub osori atiqalar, oʻrta asrlar meʼmoriy va amaliy bezak sanʼati hamda kulolchilik namunalari oʻrin olgan. Maqbaraning asl eshigi, Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustidagi yopinchiq, Amir Temur tomonidan hadya qilingan bronza shamdonlar, shuningdek, Turkistonning qadimiy tarixini ochib beruvchi arxeologik va keramik topilmalar shular jumlasidan.

Bunday yodgorliklar va madaniy loyihalar maʼnaviy merosni asrab-avaylash, tarixiy xotirani mustahkamlash, mushtarak ildizlar, eʼtiqod va anʼanalar bilan bogʻlangan qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo