icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

01.05.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda aholiga malakali va zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish, sohada boshqaruv samaradorligini oshirish, xususiy sektor imkoniyatlaridan kengroq foydalanish hamda hududlarda tibbiyot infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Taqdimotda, avvalo, xususiy sektorning soha rivojidagi oʻrni va bu boradagi mavjud imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Qayd etilganidek, 2016-yilda yurtimizda 3,2 mingta xususiy klinika faoliyat yuritgan boʻlsa, 2026-yilda ularning soni 8,7 mingtaga yetishi kutilmoqda. Xususiy tibbiyot yoʻnalishlari 39 tadan 116 taga, ushbu sektordagi koyka oʻrinlari esa 16 mingdan 57 mingtagacha koʻpaydi. Xususiy sektorning umumiy koyka fondidagi ulushi 12 foizdan 31 foizgacha oshishi prognoz qilinmoqda.

Shu bilan birga, tizimdagi ayrim muammolar ham koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, tibbiy xizmatlar sifati ustidan amaldagi nazorat mexanizmlari yetarli darajada samara bermayotgani, litsenziyalash talablari zamon talablariga toʻliq javob bermasligi, xususiy klinikalar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona elektron tizimda shakllanmagani, shuningdek, investitsiya loyihalari bilan manzilli ishlash tizimi yetarli emasligi qayd etildi.

Shu bois, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va uning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar taqdim qilindi.

Xususan, tibbiy faoliyatni litsenziyalash bilan bogʻliq barcha vazifalar Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markaziga oʻtkazilib, 2026-yil 1-iyuldan litsenziyalash tartiblarini kuchaytirish, bemor xavfsizligi va tibbiy yordam sifatini taʼminlashga doir 48 turdagi litsenziya talablarining 14 tasini qayta koʻrib chiqish taklif qilindi. Mazkur jarayonda koʻp tarmoqli klinikalar faoliyatini toʻliq toʻxtatish amaliyotidan voz kechib, faqat aniq qoidabuzarlik aniqlangan yoʻnalish boʻyicha cheklov qoʻllash tartibi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, tibbiyot tashkilotlarining litsenziya talab va shartlariga rioya qilinishi boʻyicha sifat nazorati kuchaytirilib, elektron axborot tizimida masofaviy baholab borish orqali nazorat qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Qolaversa, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga litsenziya doirasidagi barcha yoʻnalishlarda budjet mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmat koʻrsatishga ruxsat berish, akkreditatsiyadan oʻtgan xususiy muassasalarga transplantatsiya faoliyati bilan shugʻullanish imkonini taqdim etish, 2028-yildan boshlab akkreditatsiyadan oʻtmagan nodavlat va respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari bilan Sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan tibbiy xizmatlarning xaridini amalga oshirmaslik taklif etildi.

2030-yil yakuniga qadar barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich, xususan, 2027-yil 1-aprelgacha 55 ta respublika, 2028-yil yakuniga qadar 413 ta hududiy hamda 2030-yil yakunigacha 3 mingdan ortiq tuman (shahar) davlat tibbiyot tashkilotlari faoliyati majburiy litsenziyalanadi.

Xususiy tibbiyotni ragʻbatlantirish uchun iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash choralari ham muhokama qilindi.

Jumladan, olis hududlarda yangi klinikalar ochish uchun 200 million AQSh dollarlik imtiyozli kredit resursi ajratilishi, har bir loyiha uchun 10 yilgacha muddatga 10 million AQSh dollardan kredit berish, asosiy stavkaning 50 foiz qismi uchun kompensatsiya mexanizmini qoʻllash nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy mutaxassislarga ijtimoiy soliqni 1 foiz etib belgilash, tibbiy uskuna va butlovchi qismlar boʻyicha bojxona imtiyozlari berish kabi yengilliklar taklif etildi.

Taqdimotda sohaga investitsiyalarni jalb qilishning yangi tizimi ham koʻrib chiqildi.

Buning uchun Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligini tashkil etish, investorlarga konsalting va amaliy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini professional asosda shakllantirish va ilgari surish mexanizmini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, agentlikka sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish, investitsiya va davlat-xususiy sheriklik loyihalariga koʻmaklashish, davlat tibbiyot tashkilotlarini boshqaruvga berish vakolati beriladi hamda agentlik taʼsischiligida investitsiya loyihalarini shakllantirish, kelishish va amalga oshirishda koʻmaklashuvchi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Health Invest” kompaniyasi tashkil etiladi.

Xorijiy ekspertlar bilan birgalikda davlat tibbiyot muassasalarini korporativ boshqaruv tamoyillari asosida transformatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish taklif etildi. Shuningdek, xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda tibbiyot tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish va ishga tushirishga oid shaharsozlik hamda sanitariya qoida va meʼyorlari qayta koʻrib chiqilib, xalqaro talablarga moslashtirilishi belgilandi.

Davlatimiz rahbari takliflarni maʼqullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo