icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Rossiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot

05.12.2016

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Rossiya tomonining tashabbusi bilan 2016-yil 5-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. 

Davlat rahbarlari hozirgi kunda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari yuksak darajada ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlab, Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida erishilgan kelishuvlar rejali va tizimli asosda hayotga tatbiq etilayotganini ijobiy baholadilar. 

Tomonlar turli vazirlik va idoralar, xo‘jalik subyektlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro samarali hamkorlik amaliy natijalar berayotganini alohida qayd etdilar. 

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil davom ettirish va yanada rivojlantirish, o‘zaro aloqalarga doir barcha sohalarda, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha davlatlararo ishonchli, ochiq va konstruktiv muloqotni chuqurlashtirishga qat’iy tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Suhbat samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo