icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston va AQSH yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

23.12.2025

23-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida AQSH Prezidentini yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramlari bilan tabriklab, doʻst Amerika xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Donald Tramp, oʻz navbatida, Oʻzbekiston yetakchisi va xalqiga oʻzining hamda AQSH xalqining samimiy salomi hamda tabriklarini yoʻllab, yangi yilda baxt-saodat, muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tiladi.

Prezidentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini, shuningdek, Oʻzbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini batafsil koʻrib chiqdilar.

Davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampning joriy yilda ichki va tashqi siyosatda erishgan muvaffaqiyatlariga yuksak baho berib, uning oʻtkir xalqaro inqirozlar va mojarolarni hal etish borasidagi samarali saʼy-harakatlarini alohida taʼkidladi.

Ikki tomonlama siyosiy muloqot va almashinuvlar, ayniqsa, yetakchilar darajasida faollashib, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab bergani va uni aniq mazmun bilan boyitgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Fuqaro aviatsiyasi, avtosanoat, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma, energetika va kimyo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarda oʻnlab milliard dollarlik qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Amaldagi loyiha va dasturlarni samarali ilgari surish hamda yangilarini ishlab chiqish maqsadida Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlar va investitsiyalar kengashi tashkil etildi. Qoʻshma Investitsiya fondini taʼsis etish boʻyicha faol ish olib borilmoqda.

Hududlar oʻrtasidagi hamkorlikning yangi mexanizmi ishga tushirildi. Oʻzbekistonning uchta viloyati delegatsiyalari Amerika shtatlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun ushbu mamlakatda boʻldi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maʼnoda, koʻp tomonlama hamkorlik, jumladan, “С5+1” formatining ahamiyati taʼkidlandi.

Suhbat yakunida tomonlar oliy darajadagi faol muloqotlarni davom ettirish niyatini tasdiqladilar hamda amaliy hamkorlik boʻyicha qoʻshma tashabbus va dasturlarni ilgari surishga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston Prezidenti Amerika yetakchisini oʻzi uchun qulay muddatda mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo