icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Davlat idoralari va xalq oʻrtasidagi muloqot mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

03.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyevga davlat idoralarining aholi bilan kommunikatsiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar jarayonida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini ham takomillashtirish, Xalq qabulxonalarining imkoniyatlarini kengaytirish, faoliyatiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, jamoatchilik fikrini chuqurroq oʻrganish va qarorlar qabul qilishda uni inobatga olish tobora dolzarb ahamiyatga ega boʻlib borayotgani taʼkidlandi.

Aholining kayfiyati, ehtiyoji va orzu-intilishlarini aniq va toʻliq oʻrganishda zamonaviy, professional sotsiologiya va tahliliy usullardan foydalanish zarurligi, bu islohotlar naqadar samarali boʻlayotgani haqida xolis axborot olish va kelgusi istiqbolga moʻljallangan taraqqiyot dasturlarini toʻgʻri ishlab chiqishning muhim omili ekani koʻrsatib oʻtildi.

Prezidentimiz xalq bilan muloqot madaniyatini izchil yuksaltirish, fuqarolarni eshitish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda qaror qabul qilish davlat idoralari faoliyatida bosh mezon boʻlishi shartligini taʼkidladi.

Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarga nafaqat tezkor javob berish, balki ularni tizimli tahlil qilib, sotsiologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish orqali tegishli yechimlarni taklif qilish, umuman, davlat va jamiyat oʻrtasidagi muloqot sifati hamda ishonchni mustahkamlash davlat va boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralarining asosiy vazifalaridan biri ekani yana bir bor koʻrsatib oʻtildi.

Hokimiyat va aholi oʻrtasidagi doimiy muloqotning institutsional asoslarini mustahkamlab, yangicha yondashuvlarga asoslangan zamonaviy modelini shakllantirish, uni jamoatchilik fikrini oʻrganish tizimiga bogʻlash muhim ekani qayd etildi.

Mutasaddilarga xalq bilan muloqot mexanizmlarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo