O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
14.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgach, davlat rahbarlari “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida suhbat o‘tkazdilar.
O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15-noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sammit doirasida yirik qo‘shma loyihalar ishga tushirilishi va ikki tomonlama hujjatlarning katta to‘plami imzolanishi kutilmoqda.


