icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yoshlar simfonik orkestrini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida

04.08.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, № F-5009, 4 avgust 2017 yil

Yoshlarning ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash uchun zamonaviy talablarga javob beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mazkur masalalarga yo‘naltirilgan mablag‘lardan samarali foydalanish maqsadida:

1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Toshkent shahar “Yoshlar ijod saroyi” nodavlat notijorat tashkilotining Yoshlar simfonik orkestri (keyingi o‘rinlarda Yoshlar simfonik orkestri deb yuritiladi) uchun ilovaga muvofiq tovarlarni xarid qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda, mazkur farmoyishning ilovasida ko‘rsatilgan tovarlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mablag‘lari hisobidan “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati orqali xorijdan xarid qilinishi inobatga olinsin.

2. Yoshlar simfonik orkestri uchun “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mazkur farmoyishning ilovasiga muvofiq xorijdan olib kelinadigan tovarlar 2018 yil 31 dekabrgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli bank bilan birgalikda mazkur farmoyishning ilovasida ko‘rsatilgan tovarlarni xorijdan xarid qilish uchun mablag‘larning belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur farmoyishning ilovasida ko‘rsatilgan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

Belgilansinki, ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan tovarlar maqsadsiz foydalanilgan taqdirda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladi.

5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Q.K.Kuranbayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi
          Prezidenti                                           Sh.Mirziyoyev

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo