icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Sun’iy intellektni joriy etishni jadallashtirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishildi

21.10.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev IT-parkka tashrif chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini mamlakatimiz vazirlik va idoralari faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng tatbiq etishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Bugungi kunda dunyoda sun’iy intellekt iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik kabi yo‘nalishlarda asosiy tayanch vositaga aylanmoqda. Ushbu texnologiyalar davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish, resurslardan tejamkor foydalanish hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini bermoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham mazkur yo‘nalishda tizimli islohotlar amalga oshirilib, natijada mamlakatimiz sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha yuqori natijalarga erishmoqda.

Prezident bu yutuqlar sohada qo‘yilgan ilk qadamlar samarasi ekanini ta’kidladi. Oldinda esa yana keng ko‘lamli vazifalar turgani aytildi. Shu bois, sun’iy intellektni rivojlantirishga oid loyihalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ilg‘or tashabbuslarni amaliyotga joriy etishni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Taqdimotda iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish, samarador tajribalarni keng qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sun’iy intellektni tez va barqaror rivojlantirish uchun xorijiy va mahalliy tajribalarni doimiy tahlil qilish, sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarimiz, xalqaro ekspertlar hamda xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur yo‘nalish rivojining eng muhim omili malakali kadrlar tayyorlash ekanligi qayd etildi.

Kadrlar tayyorlashni jadallashtirish maqsadida bir qator innovatsion dasturlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Universitet – sanoat – xalqaro hamkorlik” sun’iy intellekt klasteri loyihasi taqdimot qilindi. Ushbu tashabbus doirasida o‘quvchilarda sun’iy intellekt savodxonligini oshirish, pedagog kadrlarning malakasini yuksaltirish, sohaviy darsliklarni ishlab chiqish va sanoat uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlash ishlari belgilangan.

Shuningdek, taqdim etilgan “AI Maktab” platformasi esa yoshlarni raqamli ko‘nikmalar hamda zamonaviy kasblarga o‘rgatishga qaratilgan. Platforma orqali ishtirokchilar virtual yordamchi, raqamli marketolog, AI-kontent yaratuvchi, biznes-analitik kabi o‘nlab yo‘nalishlarda masofaviy ta’lim oladi.

Prezident ushbu tajribani kengaytirish, muhim sohalar rivojiga yoshlarning ilmiy salohiyatini jalb etish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, sun’iy intellekt bo‘yicha ilmiy-o‘quv laboratoriyalarini tashkil etishdan kutilayotgan natijalarga e’tibor qaratildi. Tijorat banklarida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Yaqin istiqbolda bunday ilmiy tadqiqot va amaliy loyihalarni oliy ta’lim muassasalarida keng yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarimizning “PromptLab”, “Detecting-AI.com” va “KotibAI” kabi innovatsion loyihalari bilan ham tanishdi.

E’tiborlisi, bu kabi dastur va ilovalar kichik jamoalardan tortib, yirik kompaniyalargacha ish samaradorligini oshirish, daromad manbalarini kengaytirish va intellektual mehnatni yengillashtirishda katta imkoniyat yaratmoqda. Bugungi kunda ushbu mahalliy ishlanmalar moliya muassasalari, qurilish sohasi hamda ijodiy jamoalar faoliyatida qo‘llanilayotgani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdim etilgan chora-tadbir va loyihalarni qo‘llab-quvvatladi. Sun’iy intellektni joriy etish jarayonlarini yanada jadallashtirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo