icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki bilan strategik hamkorlik dasturini kengaytirish muhimligini ta’kidladi

22.09.2025

Nyu-York shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ajay Bangani bank faoliyatidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muvaffaqiyatli islohotlar bilan tabrikladi.

O‘z navbatida, Jahon banki rahbari mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar natijalarini yuqori baholadi.

Jahon banki guruhi bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda ushbu global moliyaviy institut bilan, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar doirasidagi ustuvor dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishda hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatimiz bankning Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng yirik hamkorlaridan biridir. Qo‘shma loyihalar portfeli 14 milliard dollardan oshdi. Toshkentda Jahon bankining mintaqaviy ofisi ochildi. Yaqinda Namangan shahrida o‘tgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" III xalqaro forumi yakunlari yuksak baholandi.

Davlatimiz rahbari amaldagi Sheriklik dasturida asosiy e’tiborni barqaror o‘sishni ta’minlashga, loyihalarni jadal, sifatli va samarali amalga oshirishga qaratish muhim ekanini ta’kidladi.

Kambag‘allikka qarshi kurashish, xotin-qizlar va yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish, yangi "Namunali mahalla" modeli asosida hududlarni kompleks rivojlantirish, qishloq infratuzilmasi, xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalarida ekspertlik ko‘magi, iqtisodiyotni karbonsizlashtirish va moliya sohasini transformatsiya qilish strategiyasini amalga oshirish kabi yo‘nalishlar ustuvor etib belgilandi.

Bank Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surishda ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo