
14.08.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniO‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, siyosiy muloqot va davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sayyohlik, ilmiy-texnikaviy sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, mamlakatimizning global va mintaqaviy tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, xalqlarimiz orasida do‘stlik rishtalari, hamjihatlik va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlari uchun Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez xonim O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev