icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Ko‘kdala markazidagi bunyodkorlik barcha tumanlar rivoji uchun namuna

20.06.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani ma’muriy markazidagi ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bu tuman davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholiga qulayliklar yaratish, urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida uch yil avval tashkil etilgan edi. Shundan so‘ng hudud rivoji jadallashib ketdi. Bugun Yettitom yaqinida yangi shahar paydo bo‘lmoqda.

Avvalo, 120 kilometr suv, 210 kilometr elektr tarmog‘i qurilib, zarur infratuzilma yaratildi. Yo‘llar kengaytirilib, ta’mirlandi. Ma’muriy binolar, 19 ta maktab, 22 ta bog‘cha, ko‘p tarmoqli shifoxona va oilaviy poliklinika barpo etildi.

E’tiborlisi, tuman hokimligi binosi mamlakatimizda yangi tajribaning boshlanishi bo‘ldi. Bu yerda 38 ta davlat idorasi bir joyda jamlangan. Bu aholiga katta qulaylik yaratmoqda. Avvallari biror yumush yuzasidan olis masofalarni bosib, Chiroqchi tumani idoralariga qatnagan fuqarolar endi barcha xizmatlarni o‘ziga yaqin joyda olyapti.

Prezidentimiz Ko‘kdaladagi bunyodkorlik, bunday yaxlit va mutanosib sharoitlar barcha tumanlar uchun namuna ekanini ta’kidladi.

Xususan, “Inson” markazi ham hokimlik binosida joylashgan. Bu yerda aholi uchun ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bir nuqtada kompleks shaklda taqdim etiladi. Uning dasturiy tizimi 55 ta daxldor tashkilotlarning ma’lumotlari bilan integratsiya qilingan. Bolalar, nogironligi bor insonlar, keksalar va ijtimoiy to‘lovlar tizimi o‘zaro bog‘langan.

Davlatimiz rahbari tuman markazidagi Yettitom kichik sanoat zonasida ham bo‘ldi.

To‘rt gektar maydonda to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va xo‘jalik mollari kabi yo‘nalishlarda qiymati 10 million dollarlik to‘qqizta kichik loyiha joylashtirilgan. Masalan, “Komfort Star New” korxonasida isitish qozonlari va boshqa temir mahsulotlar, “Komfort Industrial Aria”da chinni buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Umuman,  sanoat zonasida 600 dan ortiq doimiy ish o‘rni ochiladi.

Prezidentimiz yangi bunyod etilgan san’at saroyini ham borib ko‘rdi.

Bu yerda 255 o‘rinli tomosha zali, ko‘plab to‘garak xonalari bor. Saroy zamonaviy cholg‘u asboblari bilan ta’minlangan, ovoz yozish studiyasi, ovoz kuchaytirish moslamalari, mukammal sovitish va isitish tizimi bilan jihozlangan.

Diqqatga sazovor jihati, tumandagi san’at maktabi, umumta’lim maktabi va sport majmuasi u bilan yaqin joylashgan. Davlatimiz rahbari bu bolalarga qulay bo‘lishini ta’kidlab, kelgusi loyihalarda shuni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimiz yosh ijrochilarning badiiy chiqishlarini ham kuzatdi.

- Sizlarni ko‘rib, Amir Temur bobomiz yurtida iste’dodlar ko‘pligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. G‘ayratli bo‘lib, bilim olishdan to‘xtamasangiz, O‘zbekiston buyukligining zamini sizlar bo‘lasiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev yoshlarga qarata.

Markazda, shuningdek, bolalar maydonchalari, yashil hududlar, savdo va servis markazlari uyg‘unlikda qurilmoqda. Umuman, 200 dan ortiq obyekt barpo etildi. Bu bunyodkorlik va qulayliklardan aholi mamnun.

Hududda yana ijtimoiy soha obyektlari, kutubxona, sport maydonlari, madaniyat markazlari qurilishi davom etmoqda.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi yakunlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo