icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident eksportchi korxona faoliyati bilan tanishdi

18.06.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi “Batu Eksport” korxonasini borib ko‘rdi.

15 million dollarlik investitsiya hisobidan tashkil etilgan mazkur zamonaviy loyiha doirasida yiliga 5 ming tonna meva-sabzavot qayta ishlanadi. Toshkent viloyatidan tashqari Samarqand va Farg‘onadan ham mahsulotlar keltiriladi.

Korxonaga Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Bu mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxonada 180 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan, ular o‘rtacha 7 million so‘mgacha oylik maosh olyapti.

Bu yerda tayyorlangan mahsulotlar Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa va MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.

Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirib, xodimlar bilan suhbatlashdi.

– Meva-sabzavotchilikda Parkentning imkoniyatlari katta. Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va qurutilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor. Birgina Yaponiyani olsak, O‘zbekiston mahsulotlariga qiziqish yuqori. Faqat mevalarni yaxshi parvarishlab, sifatli yetkazib berish zarur. Bunday korxonalarni rivojlantirsak, shu tarmoqning o‘zidan bir necha milliard dollar daromad olish mumkin, – dedi Prezident.

Shu yerda Toshkent viloyatining eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘zdan kechirildi. O‘tgan yili viloyatdan 130 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Lekin hudud tabiati va salohiyatiga nisbatan bu kam.

Sohada eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7 turdagi moliyaviy yordam va 3 xil soliq imtiyozlari hamda preferensiyalar joriy etilgan. Toshkent viloyatida meva-sabzavotni qayta ishlovchi 175 ta korxona bo‘lib, qayta ishlash darajasi yil sayin ortmoqda. Joriy yilda eksport ko‘rsatkichini jadal oshirish rejalashtirilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo