icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhim ekanini ta’kidladi

10.06.2025

Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi.

Suhbat avvalida Adilbek Kasimaliyev davlatimiz rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Energetika va transport kommunikatsiyalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan Qambarota GES-1 va "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda o‘tkaziladigan Hukumatlararo komissiya va Hududlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlarini samarali tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo