icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

07.06.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti - Iyd al-Adho munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar. Yetakchilar do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari muhokama qilindi.

Strategik sheriklik izchil mustahkamlanib borayotgani, turli darajalardagi muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo va yuk tashishlar hajmi sezilarli ortmoqda, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda. Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, logistika va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda. Lahor va Karachida savdo uylari tashkil etilgan.

Joriy yilga rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo