icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Akademik Azimboy Sa’dullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

28.05.2025

Mamlakatimiz ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Azimboy Sa’dullayev 2025-yil 28-may kuni 78 yoshida vafot etdi.

A.Sa’dullayev 1947-yil 9-yanvarda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ildi. 1969-yilda Moskva davlat universitetini matematika mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Mazkur universitet aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, so‘ngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, 1995-yilda haqiqiy a’zosi etib saylandi.

A.Sa’dullayev o‘zining 55-yillik mehnat faoliyati davomida Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) o‘qituvchisi, dotsenti, kafedra mudiri, fakultet dekani, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta ilmiy xodimi, Urganch davlat universiteti rektori, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat olib bordi va o‘zining yuksak ilmiy-pedagogik va rahbarlik salohiyatini namoyon etdi.

Mashhur matematik olimning ilmiy ishlari mamlakatimiz va xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan. Ayniqsa, uning AQSH olimlari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalish bo‘lgan kompleks potensiallar nazariyasi asosini yaratgani, hozirgi kunda ushbu ishlanma amaliyotda keng qo‘llanilayotgani fan olamida yaxshi ma’lum.

Iste’dodli olimning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari, 15 ta monografiyasida matematika sohasining ko‘plab dolzarb masalalari atroflicha tadqiq etilgan.

Akademik A.Sa’dullayev jonkuyar va talabchan ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ta’lim-tarbiya berdi. Uning rahbarligida o‘nlab fan doktori va fan nomzodlari tayyorlandi.

A.Sa’dullayev 1995-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida samarali faoliyat olib borib, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish, parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirishda jonbozlik ko‘rsatdi.

Akademik A.Sa’dullayevning mamlakatimiz ilm-fani va ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Azimboy Sa’dullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

 

Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,

A.Aripov, Sh.Ayupov

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo