icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Seysmik xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi

13.05.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni seysmik xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami keng. 2017-yildan buyon joylarda 11 ming 410 ta ko‘p qavatli uylar qurilgan. Bu aholini turar joy bilan yetarlicha ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Qurilishning asoslaridan biri bo‘lgan seysmologiya sohasi ham rivojlantirilmoqda. Bu borada xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilib, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishga e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, davlatimiz ko‘p jabhalarda tashabbuskor hamdir.

Ma’lumki, 1966-yil 26-aprelda Toshkent shahrida vayronkor zilzila sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Prezidenti zilzila qurbonlariga hurmat ko‘rsatish va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va birdamlik kunini ta’sis etish tashabbusini ilgari surgan edi. Buning e’tirofi o‘laroq, yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 29-aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi.

Bu sohada xalqaro standartlarga mos bo‘lish uchun davlatimiz rahbari yangi qurilayotgan uylarning sifatiga e’tiborni kuchaytirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga muvofiq, ko‘p qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligini oshirish va aholining seysmik xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, davlat loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu o‘rganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida bu tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi.

Ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Davlatimiz rahbari qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo