icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanidagi "O‘zbegim otlari" ot zavodi faoliyati bilan tanishdi

21.07.2017

Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlash, mazkur soha uchun mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2017-yil 15-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

"O‘zbegim otlari" ot zavodi 1992-yil tashkil etilgan bo‘lib, maydoni 140 gektardan ortiq. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka 
tulporlarini ko‘paytirish va parvarishlashga ixtisoslashtirilgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Axaltaka zotli otlar bundan besh ming yil muqaddam paydo bo‘lgan. U Osiyo xalqlarining yozma manbalarida samo tulporlari, arg‘umoq, uchqur ayg‘irlar, deya ta’riflangan. Toshbitiklar, qoyalarda saqlanib qolgan suratlarning guvohlik berishicha, Axaltaka arg‘umoqlari qadimda hozirgi Farg‘ona vodiysi, Xorazm viloyati hududlarida uchragan. Ayni paytda mazkur turning katta qismi Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Bugungi kunda “O‘zbegim otlari” zavodida 300 ga yaqin ot parvarishlanmoqda. Ular orasida Axaltaka zotidan tashqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor. 

“O‘zbegim otlari” zavodida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovg‘a qilingan “Do‘stxon” laqabli zotdor ot yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. 

Ot zavodi hududida zotdor otlarni ko‘paytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo