icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

21.02.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol davom etayotgan samarali muloqot va almashinuvlar yuksak baholandi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atini ta’minlash, shuningdek, ikki mamlakat hududlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan, ta’lim, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo