icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Al-Kuvayt shahriga keldi

17.02.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Amir Shayx Mish’al as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari ko‘tarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Prezidentimiz faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

Aeroportning Amir terminalida yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara o‘tkazadilar. Sammit kun tartibidan O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo