icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan ko‘p qirrali sheriklik kun tartibini kengaytirish muhimligini ta’kidladi

27.01.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni navbatdagi O‘zbekiston-Turkmaniston siyosiy maslahatlashuvlari doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Suhbat avvalida vazir Rashid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, mamlakat Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash hajmi jadal o‘sib borayotgani, 2024-yilda 1,1 milliard dollardan oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. "Shovot-Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi birgalikda barpo etilmoqda. Sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va suvdan foydalanish sohalarida yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil davom ettirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.

Toshkent shahrida Gurbanguli Berdimuhamedovning "Hakyda göwheri" ("Tafakkur gavhari") nomli yangi kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti o‘tkazilgani uchun Turkmaniston rahbariyati nomidan O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik izhor etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning yangi keng qamrovli kun tartibini shakllantirish, bo‘lajak oliy darajadagi tashriflar, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo