icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif yakunlandi

15.01.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.

O‘zbekiston yetakchisi Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan samarali muzokaralar hamda ushbu mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammiti ochilishi hamda barqaror rivojlanish sohasidagi Shayx Zoid nomidagi mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi, sammitning yalpi majlisida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Bugun Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif yakunida Dubay xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Dubay fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi prezidenti, "Emirates" kompaniyalar guruhi raisi va bosh direktori Shayx Ahmad bin Said Ol Maktum va BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo