icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Abduxolik G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Baxouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida

12.07.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, № F-4988, 11 iyul 2017 yil

Butun umrini insonning ma’naviy-ruhiy kamoloti yo‘liga bag‘ishlagan buyuk vatandoshlarimiz Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligi va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligi munosabati bilan ulug‘ allomalarning hayoti va faoliyatini, ular qoldirgan boy ilmiy-diniy merosning gumanistik mohiyatini chuqur o‘rganish, shu asosda xalqimizni, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha ko‘mita, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Buxoro viloyati hokimligining 2018 yil sentyabr-oktyabr oylarida Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Nakshband tavalludining 700 yilligini keng miqyosda nishonlash haqidagi takliflari ma’qullansin.

2. Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofik tasdiklansin.

3. Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Ushbu rejada:

Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Nakshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Nakshband hayoti va ijodiga oid nashrlar hamda ularning merosidan namunalarni, jumladan, xorijiy tillarda chop etish;

Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband hayoti, faoliyati, ilmiy merosiga oid xorijiy mamlakatlardagi qo‘lyozma manbalar, ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar haqidagi ma’lumotlarni jamlash va nashr etish;

Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni o‘tkazish;

Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband ta’limotining asosi bo‘lgan mehnatsevarlik, vatanparvarlik, ilm-ma’rifatga intilish, mehr-oqibatli bo‘lish g‘oyalarini yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib qilish;

Abduxolik G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband ziyoratgohlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ularning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilsin.

4. Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat ko‘mitasi Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband qadamjolariga mahalliy hamda xorijiy ziyoratchilar va sayyohlarning keng ko‘lamli tashriflarini tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rsin.

5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga yubiley tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

6. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi
          Prezidenti                                            Sh.Mirziyoyev


Toshkent shahri

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo