icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yengil sanoatdagi natijalar va takliflar ko‘rib chiqildi

12.12.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni to‘qimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu tarmoqlar aholi bandligi va eksportda katta o‘ringa ega. Xususan, bunday korxonalarda 430 ming fuqaro ish bilan ta’minlangan. Yengil sanoatning jami ishlab chiqarishdagi ulushi 14 foizni, eksportda 16 foizni tashkil qiladi.

Lekin bugungi murakkab sharoitda tashqi bozordagi vaziyat tez o‘zgarayapti. Buning ta’sirida eksport narxlari ip kalavada 9 foizga, gazlamada 15 foizga, tayyor mahsulotda 13 foizga tushgan. Asosiy eksport bozorlarimizda tayyor mahsulot olish kamaygan.

Yig‘ilishda bu vaziyatga moslashib ishlash, ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish choralari muhokama qilindi.

Yanvar-noyabr oylarida to‘qimachilik eksporti 2,6 milliard dollarni tashkil qildi. Sohadagi imkoniyatlar hisobiga buni oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Jahon bozorida tola narxi pasayib borayotgan sharoitda tola va ip kalavani chuqur qayta ishlashni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Bu orqali ip kalavani qayta ishlash darajasini 70 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Shu bilan birga, bu yil qo‘y va echki terisi eksportidan 10 foizlik yig‘im bekor qilingani natijasida 3 million dollarlik eksport shartnomalari tuzilgan. Buni kelasi yil ham davom ettirib, eksportni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Charm sanoati korxonalarini xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash choralari va kelgusidagi rejalar bo‘yicha mas’ullarning hisoboti eshitildi.

Charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o‘rta bo‘g‘in kadrlari yetishmayotgani, bu yo‘nalishda yiliga bor-yo‘g‘i 167 nafar mutaxassis tayyorlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, poyabzal ishlab chiqarish rivojlangan Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi yetakchi korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, “dual ta’lim”ni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi.

Yig‘ilishda kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar haqida ham axborot berildi.

Qayd etilganidek, yengil sanoat tarmog‘iga 2 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilib, 82 ta yirik loyihani amalga oshirish hamda 25 mingta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. To‘qimachilik mahsulotlari eksportini 4 milliard dollarga, charm mahsulotlari eksportini 250 million dollarga olib chiqish maqsad qilingan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo